21 Yanvar 2021 yil 36

Qashqadaryo akademik litseyida “Аsl xazina” musiqali kamediyasi asari namoyish etildi

Mamlakatimizda har tomonlama yetuk, bilimli, maʼnaviy va jismoniy barkamol yoshlarni tarbiyalash davlat siyosatining eng ustivor yoʼnalishlaridan biridir. Davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy –maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʼlga qoʼyish boʼyicha ilgari surgan 5 muhim tashabbus kelajagimiz vorislari boʼlgan yosh avlodga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, turli sohadagi isteʼdodlarni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Bu borada keng jamoatchilik, taʼlim muassasalari va madaniyat maskanlarining hamkorligi muhim ahamiyatga ega boʼlmoqda. Ichki ishlar vazrligining Qashqadaryo akademik litseyida ham oʼquvchilarni madaniyat va sanʼatga oshno qilish, ularni yuksak insoniy xislatlar ruhida tarbiyalash maqsadida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazish yaxshi anʼanaga aylanib qolgan. Jumladan 2021 yil 20 yanvarь kuni akademik litseyga Qarshi shahridagi Mulla Tuychi Toshmuxammedov nomidagi musiqali drama teatrining aktyorlari tashrif buyurishdi. Sevimli sanʼatkorlar bilan boʼlgan uchrashuv hamda ular ijrosida namoyish etilgan Sh.Maxkamovning “Аsl xazina” musiqali kamediya asari akademik litsey oʼquvchilarida katta taassurot qoldirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech