Qarshi shahrida 70 000 000 soʼm pulni oʼgʼirlik yoʼli bilan qoʼlga kiritgan shaxs qoʼlga olindi
Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIBga 2021 yil 03 sentyabr kuni tushgan xabarga koʼra, shu kuni soat 13:00larda nomaʼlum shaxs Qarshi shahar “Mahallot” MFY hududidagi “Mahallot” jomeʼ masjidiga namoz oʼqish uchun kelgan, Qarshi shahar “Komilon” MFYda yashovchi Elbekning “Neksiya-3” rusumli avtomashinasi salonidan 70 000 000 soʼm pulni oʼgʼirlik yoʼli bilan qoʼlga kiritgani maʼlum qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur oʼgʼirlik jinoyatini Qarshi shahar “Komilon” MFYda yashovchi muqaddam sudlangan Xikmatillo sodir etganligi aniqlanib, undan ashyoviy dalil tariqasida 67.300.00 soʼm pullar hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB TB tomonidan Xikmatilloga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʼllanilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.