Qarshi tumanida 2-sektordagi jami 16 ta mahalla fuqarolar yigʼinlari raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari va faol tadbirkorlar bilan uchrashuv oʼtkazildi
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan “dolzarb 30 kunlik” oyligi dorasida vertikal boshqaruv asosida prokurorlar sektorlarida ishlarni yanada jadallashtirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Xususan, viloyat prokurori Erkabay Tadjiev tomonidan Qarshi tumanida 2-sektordagi jami 16 ta mahalla fuqarolar yigʼinlari raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari va faol tadbirkorlar bilan uchrashuv oʼtkazilib, masʼullarning hisobotlari, takliflari eshitilib, joylarda ishlarni samarali tashkil etish boʼyicha tegishli koʼrsatmalar berildi.
Shundan soʼng, uzoq vaqtdan boʼyon fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida, tumanning “Tallikuron” mahallasi hududidagi 1 km. ichki yoʼlga qum shagʼal toʼkilib, koʼcha atrofi obodonlashtirildi.
Shuningdek, Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan 2-sektorga qarashli “Shodlik” mahallasi hududida yaroqsiz holatga kelib qolgan ichimlik suv quvuri almashtirildi, transformator va elektr tarmoqlari yangilandi.
Shu kabi, Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan “Xoʼjakasbi” mahallasida aholi ehtiyojlari uchun 500 metr gaz tarmogʼi tortilib, 22 ta xonadon tabiiy gaz taʼminotiga ulanishda amaliy yordam berildi.
Bu kabi ijobiy tadbirlar viloyatning boshqa tuman (shahar) prokurorlarining sektorlarda ham oʼtkazib kelinmoqda.