Qarshi shahridagi «Otchopar» mahallasida viloyat IIB tomonidan keng koʼlamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi polkovnik Sh.Satvoliev Qarshi shahri 3 sektor hududida joylashgan “Otchopar” mahallasida boʼlib, bir qator ishlarni amalga oshirishda bosh-qosh boʼlmoqda. Jumladan, mahalada “fuqarobay”, “xonadonbay”, va “mahallabay” yoʼnalishidagi ishlar jonlantirilib, har bir fuqaroning dardu tashvishlari oʼrganilmoqda. Аniqlangan maishiy va kundalik muammolar vakolat doirasida yechilib, vaqt va mablagʼ talab etadigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi. Xususan, shaharning 3-sektoriga qarashli mahallalar va markaziy koʼchalardagi ariqlar qazilib, atrofiga anvoyi gullar ekilmoqda. Ushbu jarayonda mavjud eski piyodalar yoʼlaklari yangilanmoqda, yoʼqlariga yangi yoʼlaklar qurilmoqda. Mahallardagi taʼmirtalab “Аyollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning uylari, hovlilar taʼmirlanmoqda.
Kunlik vazifalar ijrosi yuzasidan mahalladagi obodonlashtirish ishlarida tozalovchi, yuk koʼtaruvchi texnika va mashinalar foydalanib, chiqindilar maxsus texnika yordamida olib ketildi. Koʼchalardagi daraxtlarning ortiqcha shox-shabbalariga shakl berilib, yoʼl boʼylari chiqindilardan tozalanib, ichki yoʼllarga shagʼal yotqizildi.
Bir soʼz bilan aytganda, 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda qutlugʼ Ramazon oyida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu va xayrli ishlar vohaning shahar-tumanlarida ham davom etmoqda.