25 May 2022 yil 494

Qarshi shahridagi 44-oʼrta maktabda «Soʼnggi qoʼngʼiroq» tadbiri

      Qarshi shahridagi Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi otaligʼiga olingan 44-oʼrta maktabda soʼnggi qoʼngʼiroq tadbiri boʼlib oʼtdi. Unda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev ishtirok etib, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizdagi barcha bitiruvchi sinf oʼquvchilari yoʼllagan bayram tabrigini oʼqib eshittirdi.
       Boshqarma boshligʼi oʼz soʼzida bugungi kunda mamlakatimizda ichki ishlar organlariga biriktirilgan maktablarda oʼquvchilarning bilim olishi, fanlarni puxta oʼzlashtirishi, sport bilan shugʼullanishiuchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilganini taʼkidladi. Yoshlar esa yaratilgan shart-sharoitlar, gʼamxoʼrliklardan samarali foydalanib, ilm-fan choʼqqilarini zabt etishi, yurt ravnaqi yoʼlida xizmat qilishlari lozim.
        Maktab oʼquvchilari tomonidan bitiruv tadbiriga bagʼishlangan badiiy chiqishlari ishtirokchilar olqishiga sazovor boʼldi.
       Tadbirda maktabni birtirgan yuzga yaqin oʼquvchilardan 4 nafar qator xorijiy oliygohlar talabasi boʼlish baxtiga musharraf boʼlgan oʼquvchilarga xalqaro IELTS sertifikati va maktabni aʼlo baholarga bitirgan bir guruh oʼquvchilarga “Tashakkurnoma”lar topshirildi.
        Yakunda soʼnggi qoʼngʼiroq chalinib, oʼquvchilarning jonajon maktabi bilan xayrlashuvga bagʼishlangan badiiy musiqiy tadbiri boʼlib oʼtdi.

Text to speech