23 Avgust 2021 yil 502

Qarshi shahrida yashovchi fuqaroning yonidan “marixuana” aniqlandi.

2021 yil 13 avgust kuni soat 15:00larda, Qashqadaryo viloyati IIB tezkor xodimlariga tomonidan oʼtkazilgan “Qora dori” tadbiri davomida, Shaxrisabz tumani “Xontepa” MFYda yashovchi fuqaro S.G, Shaxrisabz shahar “Аmir Temur” hiyobonida joylashgan “Koʼkgumbaz” tarixiy obidasi oldida toʼxtatilib, undan yonida taqiqlangan yoki giyohvandlik vositalari bor yoki yoʼqligi soʼralganida S.G oʼzining yonidan bir dona “spichki” yozuvli gugurt qutida oʼtkir xidli yashil rangli oʼsimliklarni saqlab kelayotganligini bildirib, oʼz ixtiyori bilan taqdim qilgan. Sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasida S.G.dan xujjatlashtirib olingan bir dona “spichki” yozuvli gugurt qutida boʼlgan oʼsimliklar tarkibida fenol guruppasini tutgan kannabinoidlar guruhiga kiruvchi aktiv modda tetragidrakannabinol mavjud boʼlgan marixuana ekanligi va uning ogʼirligi 9.2 gramm ekanligi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Shaxrisabz shahar IIB TB tomonidan S.G.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi quzgʼatilgan.

Text to speech