26 Avgust 2022 yil 319

Qarshi shahrida uchta tayanch punkti yangi binoda ish boshladi

    Mamalakatimiz mustaqilligining 31 yilligi bayrami “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida joylarda namunali tarzda nishonlanmoqda. Bayram arafasida ko‘plab sohalarda yangi binolar qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Bunday imkoniyatlar ichki ishlar organlari tizimida ham amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB “Mustaqillik” mahallasi 40/16-sonli tayanch punkti, 2-sonli IIB G‘ofur G‘ulom nomli mahallasi 40/19-sonli tayanch punkti hamda

   3-sonli IIB “Eski anhor” mahallasi 40/53-sonli tayanch punktlari bayram arafasida foydalanishga topshirildi.

   Viloyatning to‘rtta sektori rahbarlari,  nuroniylar, faxriylar va keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirni viloyat hokimi Murotjon Azimov ochib, bunday imkoniyatlar, shart-sharoitlarga zamin yaratgan muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik bildirib, barcha xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish lozimligini ta’kidladi. 

   Bugungi kunda yangidan bunyod etilgan Qarshi shaharidagi “Mustaqillik” mahallasida 4875 nafar, G‘afur G‘ulom mahallasida 4002 nafar va “Eski anhor” mahallasida 1564 nafar fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi beshlik – mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va Yoshlar yetakchisi uchun alohida-alohida xonalarda barcha sharoitlar yaratilgan.

    Bu kabi tadbirlar vohamizda davom etmoqda.

Text to speech