Qarshi shahrida ichkilik oqibatida yuz bergan jinoyatlar muhokama qilindi
Qarshi shahar Temir yoʼlchilar saroyida “Xavfsiz hudud” tadbiri doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab, oldini olish, roʼy berganlarini fosh etish, borasidagi ishlarning muhokamasiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda IIV ishchi guruhi, viloyat IIB, shahardagi toʼrtta sektor rahbarlari, oila va mahallani qoʼllab-quvvatlash boʼlimi, mahalla fuqarolar yigʼinlari raislari, hududiy sogʼliqni saqlash tizimidagi narkolog-shifokorlar, probatsiya nazoratida turgan, muqaddam sudlanganlar, yengil tabiatli va muntazam spirtli ichimlik isteʼmol qiluvchi shaxslar hamda yaqinda jinoyat sodir etgan shaxslarning oila aʼzolari ishtirok etishdi.
Tadbirni viloyat IIB boshligʼining 1-oʼrinbosari polkovnik J.Аtaev ochib, keyingi vaqtlarda fuqarolar oʼrtasida oila-turmush doirasida sodir etilayotgan jinoyatlar tahlil etilganda, aksar jinoyatlar muntazam spirtli ichimliklar isteʼmol qilishi natijasida yuzaga kelayotganini taʼkidladi. Jumladan, shaharning “Oqtepa” MFYda yashovchi Аsab-ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserida hisobda turuvchi H.Sh oilaboshi boʼlishiga qaramay, arzimagan holatda janjalga bahona qidirib, oila aʼzolari bilan tortishuvni yuzaga keltirgan va turmush oʼrtogʼi Z.Jga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur jinoyatlarning oldini olish mumkin edi. Oila-turmush doirasida sodir etilayotgan janjallarni qoʼni-qoʼshni, qarindosh-urugʼ biladi-kuN. yega bu haqda vaqtida mahalla mutasaddilariga, profilaktika inspektoriga xabar bermagani ajablanarli. Bundan koʼrinadiki, ayrim mahallalarda “sen menga tegma, men senga” qabilida ish tutilayotganidan darak beradi. Bu borada mahallaning masʼul mutasaddilaridan holat boʼyicha izoh soʼraldi. Qolaversa, Аsab-ruhiy va narkologiya dispanserida hisobda turgan bemorning holidan nega patronaj hamshiralari vaqtida xabar olmagani ham tanqid ostiga olindi.
Ichkilik har qanday illatni vujudga keltiruvchi omillardan biri. Shu bois mahallada yashovchi fuqarolarning odati, turmush tarzi, oilaviy muammolarini mahalla faollari yaxshi bilishi lozim. Kezi kelganda spirtli ichimlikka mukkasidan ketgan, ruhiyatida oʼzgarish boʼlgan shaxslarni majburiy tibbiy-profilaktik koʼrikdan oʼtkazish, davolash ishlarini tashkil etish har qanday huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishi shubhasiz.