17 May 2021 yil 683

Qarshi shahar 3-sektorga qarashli maktablar taʼmirlanmoqda


“Otchopar” - Qarshi shahridagi eng katta mahalla fuqarolar yigʼinlaridan biri. Bu joyda aholi gavjum yashashi bois fuqarolarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, moddiy va maʼnaviy koʼmak berish tadbirlari muntazam amalga oshirib kelinmoqda. Аyni maqsadda sektor rahbariyati tomonidan mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar va fuqarolarni kasbga yoʼnaltirish, tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kredit mablagʼlari asosida parranda va chorva mollarini sotib olish va issiqxonalar qurilishida amaliy yordam koʼrsatilmoqda. Ishchi guruh va sektor rahbariyati tomonidan “Otchopar” mahalla fuqarolar yigʼinida joylashgan 44-oʼrta taʼlim maktabi juda taʼmirtalab ahvolga kelib qolgani aniqlandi. Natijada maktabdagi umumiy ahvol toʼliq oʼrganilib, homiylik asosida toʼliq taʼmirlashga kirishildi. Maktab sinfxonalari, zallari va tashqi binoning tashqi qismlarida toʼliq taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi. Bundan tashqari maktabning hovlisini obodonlashtirish borasida ham ishlar jadal ketmoqda.
Bu boradagi ishlar “Otchopar” mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi 48-maktabda ham davom etmoqda.

Text to speech