6 Fevral 2023 yil 262

Qaror mohiyati atroflicha tushuntirildi

Bugun Qarshi shahar IIOFMBda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son qarori mazmun mohiyatini xodimlarga yetkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB va  Qarshi shahar IIOFMB ishtirok etishdi.

 Yig‘ilishda  O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Solijon Ernazarov va katta o‘qituvchi podpolkovnik Murtoza Achilov hamda viloyat IIB KTB boshlig‘i podpolkovnik Komil Nazarovlar Qaror mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga batafsil tushuntirdi.

Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga IIV ishchi guruhi mas’ulari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Targ‘ibot  tadbirlari davom etmoqda.

Text to speech