1 Fevral 2023 yil 227

Qaror mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazildi

Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora–tadbirlar to‘g‘risida» gi Qarori imzolandi. Shu asosda, Kasbi tuman IIBda kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘lim rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi kodeksin tasdiqlash, ichki ishlar organlari xodimlarini «Inson qadri uchun» tamoyili asosida davlatning yuqori ma’anviy odob–axloq fazilatlariga ega, o‘z vazifasiga sodiq, vatanparvar va xalqchil vakil etib tarbiyalash orqali xalqning roziligiga erishish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga soha xodimlarining xizmat vazifalariga halol, vijdonli, Vatani va xalqi oldidagi vazifalarini chin qalbidan his etgan holda mas’uliyat bilan yondoshish, jamiyatda shakllangan odob–axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlashga e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, Ichki ishlar organlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘pol xatti–harakatlar, xizmat vakolatidan foydalanish, korrupsiya holatlarining erta oldini olish, huquqni himoya qilish idorasi obro‘siga dog‘ tushiradigan salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik asosiy maqsad etib olingani ishtirokchilar tushuntirildi.

Text to speech