Qaror mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilmoqda
Shahrisabz shahar IIBda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mazmun mohiyatini ichki ishlar organlari xodimlariga yetkazishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda IIV Faxriylar kengashi a’zolari, Qashqadaryo viloyati IIB MMI va KBTX hamda viloyat IIB boshlig‘i maslahatchisi, boshqarma faxriylar kengashi a’zolari Shahrisabz shahar, Kitob, Qamashi, Yakkabog‘, Shahrisabz, Chiroqchi, Ko‘kdala tuman IIBlari shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan IIV faxriylar kengashi a’zolari iste’fodagi polkovniklar Akbar Jalilov, Ilxom Xilvatov, Sodiq Islomov Qashqadaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Ixtiyor Xudoyqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-son Qarori mohiyati, uning soha xodimlari faoliyatida asos bo‘lib xizmat qilishi, Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksida keltirilgan talablar xususida so‘z yuritishdi.
Yig‘ilish yakunida ishchi guruh a’zolari xodimlarning savollariga javoblar berdi.