Qaror ijrosi amalda
Qarshi shahrida viloyat IIB PPX va JTSB, T va EQKB, Ovchilik jamiyati va Tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi masʼul vakillari bilan hamkorlikda shaxsiy oʼq otar ov qurol egalari va baliqchi sportchilar bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 dekabrdagi “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarori ijrosi yuzasidan tadbir boʼlib oʼtdi. Qarshi shahar IIO FMB va Qarshi tuman IIBda roʼyxatga olingan shaxsiy oʼq otar ov qurol egalariga qurol saqlash tartibi va shart-sharoitlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, yigʼilishda “Toʼr” tadbiri doirasida ayni kezlarda baliqlar urugʼ qoʼyayotgani, ularni ovlash taqiqlangani aytib oʼtildi. Baliq ovlash bilan shugʼullangan baliqchi sportchilarga qonuchilikda belgilangan jazo choralari tushuntirildi.
Uchrashuv qizgʼin savol-javoblar asosida oʼtdi.
Targʼibot tadbirlari davom etmoqda.