6 Avgust 2021 yil 452

Qamashida sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev Qamashi tumanida sayyor qabul oʼtkazdi. Unda mutasaddi tashkilotlar vakillari va 16 nafar yoshlar ishtirok etdi.
Sayyor qabulda yoshlarning 5 ta murojaatlari joyida hal etildi. Mablagʼ va vaqt talab etadigan 12 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi. Qabulda 4 nafar yoshlarga oʼz-oʼzini band qilishi uchun subsidiya asosida tikuv mashinasi va inkubator berildi. Shuningdek, 3 nafar "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga muddatli harbiy xizmat toʼlovi toʼlab berilishi belgilandi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Text to speech