2 Mart 2021 yil 682

Qamashi tumanida ochiq sud boʼlib oʼtdi

JIB Qamashi tuman sudi binosida ochiq sud boʼlib oʼtdi. Sud jarayonida Qamashi tuman IIB boshligʼi tomonidan Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar koʼrib chiqildi. Sud jarayonida 4 nafar shaxslar oʼz qilmishidan pushaymonligi, ularning ijobiy xulq atvori va oʼzlariga tegishli hulosa chiqarganligi inobatga olinib oʼtalmay qolgan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan boʼlsa, 1 nafar shaxs jazodan boʼyin tovlab yurganligi, jazodan qasddan boʼyin tovlab yurganligi uchun ushbu shaxsning АTI jazosi sud tomonidan ozodlikdan maxrum qilish jazosiga almashtirildi. Xozirgi kunda Probatsiya xizmati nazoratida turgan shaxslarning ijtimoiy xayotga moslashuvi ularning jamiyatda oʼz oʼrnini topish uchun ushbu shaxslar bilan doimiy ravishda kasbga oʼqitish ishga joylashtirish tadbirlari oʼtkazilib kelinmoqda.

Text to speech