Qamashi tumanida jinoyatlarni oldi olinmoqda
Аyni kezlarda Qashqadaryo viloyatida jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishayotgan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xavfsizlik va mudofaa masalalari qoʼmitasi raisi boshchiligidagi ishchi guruh Qamashi tumanida oʼrganishlar olib bordi.
Tahlillarga koʼra kriminogen vaziyati ogʼir hisoblangan Qamashi tumanining “Sarbozor” va “Qovchin” MFYlarida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Mahalla huquq-tartibot maskani toʼgʼrisidagi Nizom”ga muvofiq ushbu mahallalarda yil boshidan yangi tashkil etilgan Huquq- tartibot maskanlari ish faoliyati bilan yaqindan tashishdi. Ushbu maskanlarda profilaktika inspektoridan tashqari, Tergov boʼlimi surishtiruvchisi, Xotin-qizlar masalalari boʼyicha katta inspektor, JQB tezkor vakili va Milliya gvardiya xodimlari uchun xizmat xonalari tashkil etilib, hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar bois mahallalarda shu vaqtga qadar jinoyatlar erta aniqlanib, sodir etilishining oldi olingani qayd etildi.
Bundan tashqari, Qamashi tumani IIB YHXB maskani yonida joylashgan chorrahada “Qovchin”, “Oqguzar”, “Balandchayla” MFYlarini bir-biriga bogʼlaydigan yoʼl oʼtgan. Mazkur chorraha 6 ta umumiy ovqatlanish joylari 3 ta avtomobillarga yonilgʼi qoʼyish shoxobchalari mavjud boʼlib, maskan doimiy ravishda odamlar gavjum boʼlib “jinoyat oʼchogʼi” boʼlganligi sababli, 2021 yil sentyabr oyida xizmat oʼtash uchun barcha qoʼlayliklarga ega boʼlgan, jamoatchilik nazorat maskani qurilgan. Maskan yoniga video kuzatish moslamasi joylashtirilgan boʼlib, shu atrofda joylashgan obʼektlarni va fuqarolar harakatini toʼliq tasvirga oladi. Jamoatchilik nazorat maskaniga tuman IIB xodimlari va jamoatchilak vakillarning doimiy ravishda kechayu-kunduz xizmat oʼtashi tashkillashtirilgani bois shu vaqtga qadar ushbu hududda biror-bir jinoyat sodir etilishiga yoʼl qoʼyilmagani ishchi guruh tomonidan ijbiy baholandi.
Ishchi guruh oʼrganishlari davom etmoqda.