2 Oktyabr 2021 yil 434

Qamashi tumani hududida istiqomat qilib klayotgan 66 nafar fuqaroligi yoʼq shaxslarga Oʼzbekiston Respublikasining fuqaroligi berildi

Barchamizga maʼlumki bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar inson va uning qadrini oshirishga qaratilib kelinmoqda Oʼzbekiston Respublikasining “Fuqarolik” toʼgʼrisidagi Qonunining qabul qilinishi xam yuqoridagi fikirimizni yaqqol misoli boʼla oladi. Prezidentimizning 2021 yil 9-sentyabr kunidagi PF-6316-sonli farmoni xam Respublikamizda koʼp yillardan buyon istiqomat qilib kelayotgan fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning orzu-umidlarini ruyobga chiqardi desak mubolagʼa boʼlmaydi. Shunday orzusiga erishgan insonlardan biri Qamashi tumani Qamay qishlogʼida yashab kelayotgan fuqaroligi boʼlmagan shaxs Poyanov Chori Eshkuvatovich boʼldi, u xam mazkur farmon bilan Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinib Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini belgilovchi shaxs guvoxnomasi ID karta rasmiylashtirib berildi. Bir necha yillik orzusiga erishgan Poyanov Chori Eshkuvatovich, xursandchiligi cheksizligini aytib “1993 yillarda qoʼshni Tojikiston Respublikasidan ota-bobolarimizning yurtiga oilam bilan koʼchib keldim, shundan buyon fuqaroligi yoʼq shaxs guvoxnomasi asosida yashab keldim, doimo Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarosi boʼlishni orzu qilib kelgandim, Prezidentimiz Farmoni asosida Oʼzbekiston Fuqarosi degan yuksak nomga sazovor boʼlib orzuimga erishdim”-deydi sevinchini yashira olmay Chori Poyonov. 2021 yilning oʼtgan davri maboynida yangi taxrirdagi “Fuqarolik” toʼgʼrisidagi qonunga asosan Qamashi tumani hududida istiqomat qilib klayotgan 66 nafar fuqaroligi yoʼq shaxslarga Oʼzbekiston Respublikasining fuqaroligi berilib, ularga Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi shaxs guvoxnomasi ID karta rasmiylashtirib berildi.

Text to speech