4 May 2022 yil 629

Qadr va ardoqdagi faxriylar

           Qadr va ardoqdagi faxriylar  Xotira va qadr hech qachon eskirmaydigan tuygʼu. 9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yurt tinchligi, el osoyishtaligi yoʼlida xizmat qilgan faxriylar holidan xabar olishdek ezgu va savobga yoʼgʼrilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi oʼrinbosari polkovnik Olimjon Аbdullaev boshchiligida Chiroqchi tuman IIB xodimlari boshqarma Faxriylar kengashi aʼzolari isteʼfodagi mayorlar Zokir Bibarsov va Saidmurod Urozov xonadonida boʼlishdi. 

        Faxriylar xonadonida boʼlgan ichki ishlar organlari xodimlari faxriyning hayoti va xizmat faoliyati haqidagi suhbatidan bahramand boʼlishdi. Koʼrsatilgan eʼtibor va gʼamxoʼrlik uchun faxriy muhtaram Yurtboshimizga, ichki ishlar vazirligi va viloyat IIB rahbariyatiga samimiy minnatdorchiligini izhor etdi. 

Mehr-saxovat tadbirlari vohaning barcha shahar-tumanlarida davom etmoqda.

Text to speech