16 Fevral 2021 yil
547
QАBULDА MUАMMOLАR YЕCНIM TOPMOQDА
Joriy yilning 16 fevral kuni Qashqadaryo viloyati IIB HPB boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik Hidoyat TOʼraeva turli masalalar bilan boshqarma Qabulxonasiga kelgan 9 nafar xotin-qizlarni murojaatlarini tingladi.
Qabulda ishtirok etgan xotin-qizlardan 9 ta murojaat tushdi. Murojaatlarda asosan IIOga ishga kirish, profilaktika inspektorlari faoliyati bilan bogʼliq va boshqa yoʼnalishlarda uchrayotgan masalalarni tashkil etdi.
Bevosita ochiq muloqot ruhida oʼtkazilgan qabul jarayonida murojaatlarning yarmi ijobiy hal etildi. Qoʼshimcha oʼrganish talab etiladigan 2 ta murojaatlar koʼrib chiqish uchun tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olindi. Qolgan murojaatlar boʼyicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi.