3 Dekabr 2022 yil
594
Qabulda muammolar tinglandi
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Shuxratjon Satvoldiyev boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida qabul o‘tkazdi. Qabulda 10 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning asosini ichki ishlar organlariga ishga kirish, shuningdek, xodimlarining xizmat faoliyatiga oid masalalar tashkil etdi.
Sayyor qabulda fuqarolardan tushgan murojaatlarning 2 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, o‘rganish uchun vaqt talab etadigan 8 ta murojaatlar ijro uchun qabul qilinib, nazoratga olindi.