7 Iyul 2023 yil 265

Qabulda muammolar tinglandi

Fuqarolarning muammolarini tinglash va hal etish, ularga ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i,

3-sektor rahbari, polkovnik Shuxratjon Satvoldiyev boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida qabul o‘tkazdi. Qabulda turli masalalar bilan kelgan o‘n bir nafar fuqarolar murojaat etishdi.

Qabulda murojaatlar asosini ichki ishlar organlariga ishga va o‘qishga kirish, shuningdek, tergov va surishtiruv ishlari bilan bog‘liq masalalarni tashkil etdi.

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlarining ayrimlariga huquqiy tushuntirish berildi, o‘rganish uchun vaqt talab etganlari esa nazoratga olinib, ijroga qaratildi.

Text to speech