22 Sentyabr 2021 yil 513

Qаbuldа imkoniyatdаn foydаlаnish oʼzigа bogʼliqligi tushuntirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʼtayotgan, qilmishiga chin koʼngildan pushaymon boʼlgan va tuzalish yoʼliga qatʼiy oʼtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʼgʼrisida”gi Farmoniga asosan, 3-sektorda yashovchi jazodan ozod qilingan mahkumlar bilan Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼining 1-oʼrinbosari polkovnik Jasurbek Аtaev boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida uchrashuv oʼtkazdi.

Uchrashuvda Qarshi shahar “Shodlik” MFYda qarindoshlari bilan birga yashab kelayotgan jazoni ijro etish koloniyasidan muddatidan oldin ozod etilgan Xalikov Аlisher bilan boʼlib oʼtgan suhbat davomida yashash uchun 2 sotix va avtomobillarga texnik xizmat koʼrsatish uchun 15 kv/m yer maydoni ajratilsa, oʼzini oʼzi band qilishini bildirdi. Xuddi shuningdek, Qarshi shahrining “Komilon” MFYda yashovchi, jazodan ozod etilgan Muxammadiev Egamberdining dastlab ID-karta olish masalasi hal etildi. U tadbirkorlik qilish uchun bozordan yer va kredit olish istagini bildirdi.

Bundan tashqari, Shahrisabz tumanida roʼyxatda turib, hozirda Nishon tumanida yashovchi jazoni ijro etish koloniyasidan muddatidan oldin ozod etilgan Xujayarov Zamon bilan boʼlib oʼtgan suhbat davomida uni doimiy yashash joyiga qayd etish muammosi hal etildi. Аyni kunlarda chorva krediti berilsa, oʼzini oʼzi band etib, tadbirkorlik bilan shugʼullanishini maʼlum qildi.

Qabulda boʼlgan fuqarolarning murojaatlari vaqt talab etishi inobatga olinib, tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Text to speech