19 Mart 2021 yil
599
Fuqarolarning murojaatlari joyida hal etilmoqda
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari polkovnik X.Bozorov boshqarma qabulxonasida karantin talablariga rioya qilgan holda turli masalalarda murojaat bilan kelgan 11 nafar fuqarolarni qabul qildi.
Qabulda 3 nafar fuqarolarning murojaati joyida hal etildi. Jumladan, fuqaro А. Toʼraev 2020 yil 04 aprel kuni Rossiya davlatiga ketish uchun olgan avia biletini pulini (pandemiya sababli keta olmagan) ololmayotgani yuzasidan qilgan murojaati ijobiy hal qilinib, chipta puli qaytarib olib berildi. 8 nafar fuqaroga murojaati boʼyicha huquqiy tushuntirishlar berilib, ijroga yoʼnaltirildi.