24 Aprel 2020 yil 593

"Pullarini naqd pul shaklida beramiz" deb 2 bosh hoʼkizlarini olib ketgan firibgarlar qoʼlga olindi

2020 yil 13 aprelь kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman IIBga tushgan xabarga koʼra, Qarshi tumani “Istiqlol” MFYda yashovchi R.M. TIIBga ariza bilan murojaat qilib, u oʼz arizasida, 2019 yil 03 dekabrь kuni Kasbi tumani Denov qishlogʼida yashovchilar M.Yu. va U.Gʼ.lar uning yashash uyiga kelishib, oʼzlarini “koʼr va soqovlar maktabi taʼminotchisimiz, mollarni soʼyib maktablarga tarqatib, pullarini naqd pul shaklida beramiz”-deb ishonchiga kirib, 2 bosh hoʼkizlarini 15.500.000 soʼmga savdolashib, shundan 1.000.000 soʼmini berib, qolgan 14.500.000 soʼmini 2019 yil 13 dekabrь kuniga qadar berishni vaʼda qilib, hozirgi kunga qadar bermasdan aldab kelayotganligini maʼlum qilgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan  Yu.M. va Gʼ.Uga nisbatan Oʼz.Res JKning 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech