19 May 2021 yil 2286

Psixologik trening


Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida yosh xodimlarning ruhiy zoʼriqishi, xizmatga boʼlgan ishtiyoqini oshirish, oʼziga boʼlgan ishonchini mustahkamlash hamda shaxsiy fikrlarini rivojlantirish maqsadida psixologik trening boʼlib oʼtdi. Unda boshqarmaning sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIBlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirok etishdi.
Dastlab, ruhiy zoʼriqish maʼlum maʼnoda, obʼektiv qonuniyatga asoslanganiligi, u hayotni yanada qiziqarli qilishi hamda oʼzi bilan shaxs kuchini rivojlantirish uchun zarur sinovlar olib kelishi, insonni toblaydi. Biroq ruhiy zoʼriqish har doim ham bizga ijobiy taʼsir koʼrsatavermasligi, har qanday faoliyat samaradorligini susaytirishi, sogʼliqqa salbiy taʼsir koʼrsatib, kishi turmush darajasini pasaytirishi haqida aytib oʼtildi. Bunday holatda koʼproq harakatli joʼshqin mashqlar va tadbirlar bajarish lozim. Bunda ertalab ijobiy his-tuygʼular bilan uygʼonish, jismoniy va gimnastik mashqlar bajarish, quvonishga intilish hamda toʼgʼri nafas olish zarurligi taʼkidlab oʼtildi.
Psixogimnastika – oʼzini namoyon qila oladigan va nutqsiz munosabatga kirisha olishini taʼminlovchi uslub. Psixogimnastika yordamida ijtimoiy hodisalarni idrok qilish uchun eng qulay sharoit yaratilishi, “tana tili”ga eʼtibor berilishi, tarang, hayajonli holatni pasaytirishi, qoʼrquv va “mumkin emas” degan tushunchalarni olib tashlashi, diqqatni rivojlantirishi, boshqalarning harakat faolligini seza olishni shakllantirishi, guruh aʼzolari oʼrtasidagi emotsional masofani qisqartirishi, oʼzi va boshqalarning his-tuygʼularini, hissiy holatini, muammolarini nutqsiz ifodalashni hamda tushunishni shakllantirishi toʼgʼrisida tushuntirib oʼtildi.

Dastur davomida, “Qalbdagi noxush asoratlardan qutulish mashqi”, “Hayotga quvonch bilan muomala qilishni oʼrganish mashqi”, “Ijtimoiy foydali faoliyatga xalal beruvchi toʼsiqlarni bartaraf etish mashqlari” hamda “Oʼzini va boshqalarni anglash, tushunish va kelishmovchiliklarni bartaraf etish mashqlari” kabi mavzularda trening mashgʼulotlari oʼtkazildi.
Oʼtkazilgan trening mashgʼulotlarining asosiy maqsadi sifatida shaxsni psixologik, yaʼni, ruhiy jihatdan erkinlikka chiqarish, ishtirokchilar tabiiy erkinlikni his etishi, oʼz guruhi va undan tashqarida oʼzaro munosabatlarda aloqa oʼrnata olishni shakllantirishga qaratildi.
Mashgʼulotlar yakunida ishtirokchilarga minnatdorchilik hissi – bizning oldimizda cheksiz quvvat va ichki boylik manbaiga yoʼl ochuvchi kuch hisoblanishi, yuragimizni nafratdan xalos qilib – kimdan xafa boʼlsak, barchani kechirish, oddiy hayot tarzini yuritish va nimaga ega boʼlsak, shuning qadriga yetish haqida tushuncha berilib, ularda bu hissiyotni uygʼotishga qaratilgan suhbat olib borildi. Oʼtilgan mashgʼulotlar natijasida ishtirokchilar masalan, qarindoshi, oʼqituvchisi, doʼstlari, hamkasblari, asar qahramonlari, musiqachilar kabi turli toifa kishilardan minnatdorliklarini bayon etdi.
Oʼtkazilgan psixologik trening mashgʼulotlari davomida xodimlarga yaxshi ishlash, bilimli, oʼziga ishongan boʼlish hammaning ham orzusi ekanligi, aql boʼlmasa kuchdan foyda yoʼqligi, aql va xotirani mashq orqali rivojlantirish mumkinligi hamda ular oʼtgan hayotidagi quvonchli va muammoli vaziyatlarni tahlil qilib, kelajakda shaxs sifatida mazmunli va erkin yashash toʼgʼrisida oʼz fikriga ega boʼlishdi.

Text to speech