22 Iyun 2022 yil
692
“Psixolog – xodim huzuriga” tamoyili – amalda
“Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” doirasida Farg‘ona viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mutaxassis-psixologlari tomonidan ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunda “Xodim psixolog huzuriga emas, psixolog – xodim huzuriga” tamoyili asosiy dasturilamal qilib olingan. Ushbu tamoyilga amal qilgan holda boshqarmaning mutaxassis-psixologlari shahar-tuman ichki ishlar boshqarma va bo‘limlari mutasaddi rahbarlari bilan birgalikda xodimlarning ish faolyati bilan tanishib psixologik suhbatlar o‘tkazilmoqda.