22 Iyul 2022 yil 614

“Psixologik trening”  tashkil etildi

    Viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazida ichki ishlar boshqarmasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati psixologlari tomonidan “Psixologik trening”  tashkil etildi. Unba viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va xotin-qizlar ishtirk etishdi.

    Tadbirda ichki ishlar organlari xodimlarining ish unumdorligini orttirish, kasbiy mahoratni yuksaltirish ruhiy zo‘riqishlarni oldini olish maqsadida amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tildi.

    Xotira mashqida eshitilgan fikrni yodda saqlash, o‘z fikridagi holatlarni suratlarda aks ettirish, zo‘riqish tufayli yuzaga kelgan holatlardan xoli bo‘lish, bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishda fikrlash qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.

     O‘quv-amaliy mashg‘ulotida xodimlarning xizmatga moslashish jarayoni, psixologik qo‘llab-quvvatlanishi, xodimlar dunyoqarashi, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga sadoqat va yuqori mas’uliyat hislarini oshirish bilan bog‘liq psixologik maslahatlar berib o‘tildi. Bundan tashqari kasbiy maishiy, stress (zo‘riqish), depressiya va boshqa salbiy ruhiy holatlarni oldini olish bo‘yicha psixologik tavsiyalar berildi.

Text to speech