24 Iyun 2021 yil 2646

Psixologik trening Sogʼlom maʼnaviy-ruhiy muhitni shakllantirish – davr talabi

 

Yaqinda Yakkabogʼ tumani ichki ishlar boʼlimida “Sogʼlom maʼnaviy-ruhiy muhitni shakllantirish – davr talabi” mavzusida psixologik trening mashgʼulotlari boʼlib oʼtdi. Unba viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi psixolog-mutaxassislari, Qarshi davlat universiteti psixologiya kafedrasi oʼqituvchilari va tuman IIB xodimlari ishtirok etdi.
Аbbos Xusanov taklif etildi.
Tadbirda shaxsiy tarkibning ruhiy holatini yaxshilash, sogʼlom fikrlar, shaxslararo munosabatlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, turli xil nizolarning oldini olish, oʼzini namoyon etish sharoitlarini yaratish hamda oʼziga boʼlgan ishonchni yuksaltirish, ijtimoiy moslashuv darajasini, notiqlik, oʼz fikrini oʼzgalarga oʼtkaza bilish qobiliyatini va munozara yuritish madaniyatini shakllantirishga asosiy eʼtibor qaratildi. Xodim ruhiy va tabiiy erkinlikni his etishi, oʼz guruhi va undan tashqarida oʼzaro munosabatlarda aloqa oʼrnata olishini shakllantirish borasida ham ishtirokchilarga tushunchalar berildi.
Dastlab, ruhiy zoʼriqish – maʼlum maʼnoda, obʼektiv qonuniyatga asoslanganligi, u hayotni yanada qiziqarli qilishi hamda oʼzi bilan shaxs kuchini rivojlantiruvchi sinovlar olib kelishi, insonni toblashi, biroq bu holat har doim ham bizga ijobiy taʼsir koʼrsatavermasligi, faoliyat samaradorligini susaytirishi, sogʼliqqa salbiy taʼsir koʼrsatib, kishi turmush darajasini pasaytirishi haqida ham fikr-mulohazalar ishtirokchilarga tushuntirildi. Bunday holatlarda ertalab ijobiy his-tuygʼular bilan uygʼonish, jismoniy va gimnastik mashqlar bajarish, joʼshqinlik, quvonishga intilishi hamda toʼgʼri nafas olish zarurligi taʼkidlab oʼtildi.
Ishtirokchilar bilan psixogimnastik mashgʼulotlarda oʼzini namoyon qila oladigan va nutqsiz munosabatga kirisha olishini taʼminlovchi uslublar, uning yordamida ijtimoiy hodisalarni idroq qilish uchun eng qulay sharoit yaratilishi, “tana tili”ga eʼtibor berilishi, tarang, hayajonli holatni pasaytirishi, qoʼrquv va “mumkin emas” degan tushunchalarni olib tashlashi, diqqatni rivojlantirishi, boshqalarning harakat faolligini seza olishni shakllantirishi, guruh aʼzolari oʼrtasidagi emotsional masofani qisqartirishi, oʼzi va boshqalarning his-tuygʼularini, hissiy holatini, muammolarini nutqsiz ifodalashni hamda tushunishni shakllantirish mashqlari oʼtildi.
Mashgʼulotlar yakunida ishtirokchilarga minnatdorchilik hissi – bizning oldimizda cheksiz quvvat va ichki boylik manbaiga yoʼl ochuvchi kuch hisoblanishi, yuragimizni nafratdan xalos qilib – kimdan xafa boʼlsak, barchani kechirish, oddiy hayot tarzini yuritish va nimaga ega boʼlsak, shuning qadriga yetish haqida tushuncha berilib, ularda bu hissiyotni uygʼotishga qaratilgan suhbat olib borildi. Ular qarindoshi, oʼqituvchisi, doʼstlari, hamkasblari, musiqachilar kabi turli toifa kishilardan minnatdorchiliklarini bayon etishdi.
Oʼtkazilgan psixologik trening mashgʼulotlari davomida xodimlarga yaxshi ishlash, bilimli, oʼziga ishongan boʼlish hammaning ham orzusi ekanligi, aql boʼlmasa kuchdan foyda yoʼqligi, aql va xotirani mashq orqali rivojlantirish mumkinligi hamda hayotidagi quvonchli va muammoli vaziyatlarni tahlil qilib, kelajakda shaxs sifatida mazmunli va erkin yashash toʼgʼrisida oʼz fikriga ega boʼlishdi.

Text to speech