PSIXOLOGIK TRЕNING
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning ruhiy tetiklik, sog‘lom muhit va raqobatni yaratish ularning ishga bo‘lgan layoqati va ruhiyatini o‘rganish maqsadida psixologik trening o‘tkazildi. Unda boshqarmaning sohaviy xizmatlari va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida xizmat qilayotgan xodimalar ishtirok etdi.
Dastlab, ular o‘rtasida ruhiy zo‘riqishi, xizmatga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda shaxsiy fikrlarini rivojlantirishga oid tavsiyalar berildi.
“Qalbdagi noxush asoratlardan qutulish mashqi”, “Taranglikni yumshatuvchi mashqlar”, “Hayotga quvonch bilan muomala qilishni o‘rganish”, “Ijtimoiy foydali faoliyatga halal beruvchi to‘siqlarni bartaraf etish” hamda “O‘zini va boshqalarni anglash, tushunish va kelishmovchiliklarni bartaraf etish” kabi mavzularda trening mashg‘ulotlari o‘tildi.
O‘tkazilgan trening mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi sifatida, shaxsni psixologik ya’ni ruhiy jihatdan erkinlikka chiqarish, ishtirokchilarda tabiiy erkinlikni his etishi o‘z guruhi va undan tashqarida o‘zaro munosabatlarda aloqa o‘rnata olishni shakllantirishga qaratildi.
Trening mashg‘ulotlarida xodimalarga yaxshi ishlash, bilimli, o‘ziga ishongan bo‘lish hammaning ham orzusi ekanligi, aql va xotirani mashq orqali rivojlantirish mumkinligi hamda ular o‘tgan xayotidagi quvonchli va muammoli vaziyatlarni tahlil qilib, kelajakda shaxs sifatida mazmunli va erkin yashash to‘g‘risida o‘z fikriga ega bo‘lishdi.