28 May 2022 yil 255

Profilaktika inspektorlarining bilimi oshirilmoqda

    Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 14 yanvarʼ kunidagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlinmalarining rahbarlari va profilaktika (katta) inspektorlarining bilim saviyasini hamda kasbiy mahoratini oshirish boʼyicha oʼquv kurslari tashkil etish toʼgʼrisida”gi Farmoyishiga asosan, Shahrisabz tumani IIBda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari ishtirokida oʼquv-amaliy seminar mashgʼuloti tashkil etildi.
      Mashgʼulotda Qashqadaryo viloyati sudi sudьyasi F.Qambarova va JIB Shahrisabz tuman sudi raisi F. Choriev, IIB boshligʼi podpolkovnik А.Joʼraev ishtirok etgan yigʼilishda qonunchilikka kiritilgan oʼzgartishlar va yangiliklar, Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining moddalarini amaliyotda qoʼllash boʼyicha tavsiyaviy fikr-mulohazalar tinglandi. Profilaktika inspektorlarining bilim va malakalarini oshirishga bagʼishlangan seminarda ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Text to speech