30 Aprel 2021 yil 560

Profilaktika inspektorlariga kompьyuter jamlanmalari topshirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarori ijrosi yuzasidan mamlakatimizda keng qamrovli qator ibratga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishning “Mahallabay” tizimi kesimida “Xonadon xavfsizligi”ni taʼminlash, faoliyat samaradorligiga erishish birlamchi vazifalardan etib belgilangan. Xodimlarning bilim va kasbiy mahoratini oshirish, ichki ishlar organlari xodimlariga munosib xizmat va turmush sharoitlarini yaratib berish, tizimning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, mehnatga yarasha ragʼbat va boshqa shu kabi bir qator vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqinda Kasbi tumani hokimligi tomonidan jinoyatlarni jilovlashda boshqa hamkasblariga oʼrnak boʼlgan, xizmatdayuqori natijalarga erishgan profilaktika inspektorlariga xizmatda foydalanishlari uchun 19 ta zamonaviy kompьyuter jamlamalari va viloyat IIB tomonidan 59 ta xizmat sumkalari uslubiy qoʼllanmalari bilan topshirildi.
Bundan tashqari, jamiyatda sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlarning uzviy davomi sifatida 59 nafar profilaktika inspektorlari va yilning oʼtgan oylarida mahallada jinoyatga yoʼl qoʼymagan 10 nafar MFY raislariga sport kiyimlari va esdalik sovgʼalari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech