16 Mart 2021 yil 584

Profilaktika inspektorlariga kompyuter jamlanmalari topshirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan Ichki ishlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan yigʼilishida belgilab bergan ustuvor vazifalari ijrosini taʼminlash maqsadida mamlakatimizning barcha viloyatlarida profilaktika inspektorlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan taʼminlash maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ishlar Qashqadaryo viloyatida ham jadal davom etmoqda. Jumladan, Shahrisabz shahar hokimligi tomonidan profilaktika inspektorlariga 40 ta kompyuter jamlanmalari, ish sumkalari bilan taʼminlandi. Tadbirda xizmatda yuqori natijalarni erishgan profilaktika inspektorlaridan 4 nafari televizor va 6 nafari Shahrisabz shahar hokimligining “Tashakkurnoma”si bilan taqdirlandi.

Text to speech