Profilaktika inspektorlari uchun oʼquv seminari tashkil etildi
Prezidentimizning 2021 yil 29 noyabr kunidagi “Oʼzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi kontsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni ijrosini taminlash hamda aholi orasida toʼgʼri tadbiq qilish yuzasidan Dehqonobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari uchun oʼquv seminari tashkil etildi.
Unda tuman IIB, prokuraturasi va Milliy gvardiyaharbiy xizmatchilari ishtirok etishdi. Oʼquv seminarida jamiyatda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan qonunbuzarliklarning oldini olish hamda sodir etilishi mumkin boʼlgan jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish uchun yoshlar orasida targʼibot va tushuntirish ishlarini jadal olib borish, jamoat xavfsizligini taʼminlashning ustuvor vazifalari xususida soʼz yuritildi.
Tadbirda ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar va tushanchalar berildi.