12 May 2021 yil 403

Profilaktika inspektorlari malaka oshirmoqda

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura, Sudьyalar oliy kengashining 2021 yil 10 aprelь kunidagi qoʼshma qaroriga asosan, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan profilaktika inspektorlari bilan 2021 yilning 10 may kunidan boshlab oʼn kunlik “shahar inspektori” va “qishloq inspektori” modellari asosida bazaviy kasbiy oʼqitish oʼquv kurslari tashkil etildi.
Profilaktika inspektorlarining bazaviy kasbiy tayyorgarlik oʼquv kurslari hududlarda tumanlararo ikki smenada oʼtkazilishi tashkil etilib, mashgʼulotlarni yuqori darajada tashkil etish maqsadida idoraviy oliy taʼlim muassasalari hamda sohaviy xizmatlarning, jumladan, IIV akademiyasi, malaka oshirish instituti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Prokuratura hamda Sudьyalar oliy maktabining tajribali mutaxassislari oʼqitishmoqda.
Profilaktika inspektorlari uchun bazaviy kasbiy tayyorgarlik oʼquv mashgʼulotlari maʼruza materiallari, koʼrgazmali slaydlar, zamonaviy interfaol metodlar, metodik materiallar hamda mavzular yuzasidan hayotiy misollardan foydalanib, amaliyotda muntazam kuzatiladigan muammoli holatlar boʼyicha mashgʼulotlar oʼtkazilmoqda.
Аyni vaqtda IIV Qashqadaryo akademik litseyi va Shahrisabz shahar IIBlarida olib borilayotgan oʼquv kurslarida 284 nafar profilaktika inspektorlari ikki smenada xizmatdan ajralmagan holda kasbiy bilimlarini oshirmoqda.

Text to speech