27 Iyun 2022 yil 433

Profilaktika inspektorlari faoliyati tahlil etildi

Viloyat musiqali drama teatri binosida ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tizimidagi profilaktika inspektorlari bilan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda IIV JXXD HPBB, viloyat IIB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari, boshqarma  JXX HPB, Qarshi shahar IIOFMB, Qarshi tuman, Nishon va Dehqonobod tuman IIBlari boshliqlarining o‘rinbosarlari, profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.

Tadbirda IIV JXXD HPBB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Azimjon Sultonov viloyat ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari tomonidan yilning o‘tgan davrida belgilangan hududda huquqbuzarliklar va boshqa turdagi qonunbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qildi. Faoliyat davomida erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni atroflicha tahlil etdi. Joylarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik ishlarda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar borasida ishtirokchilarga yo‘riqnoma berdi.

Yakunda profilaktik ishlarni amalga oshirishda ijobiy natijalarga erishgan ichki ishlar organlari xodimlari viloyat IIBning tashakkurnomalari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Text to speech