2 Mart 2022 yil 537

Profilaktika inspektorining nikoh toʼyi xizmat uyida boʼldi


Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmati samaradorligini oshirish maqsadida Ichki ishlar vaziri tashabbusi bilan tizimda uzluksiz rahbarlar va shaxsiy tarkibning uchrashuv va muloqotlari tashkil etib kelinmoqda. Yaqinda Nishon tuman IIBda viloyat IIB boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev bilan shaxsiy tarkibning ana shu mavzuga bagʼishlangan uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Unda rahbar xodimlar bilan suhbatlashib, nafaqat xizmatga oid balki oilaviy muammolari bilan ham qiziqdi. Uchrashuv davomida viloyat IIB boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev shaxsiy tarkib orasida uylanmagan yoshlar bor-yoʼqligini soʼradi.
Nishon tuman “Gulzor” mahalla fuqarolar yigʼiniga xizmat koʼrsatuvchi ichki ishlar boʼlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlimi 44/13-sonli tayanch punktiga profilaktika inspektori lavozimiga 2020 yil may oyida tayinlangan Sirojiddin Xolmanovning uylamaganligini bilib, unga toʼyini xizmat uyida oʼtkazish taklifini berdi.
Yaqinda Nishon tuman IIB HPB 44/13-sonli tayanch punkti profilaktika inspektori leytenant S.Xolmanovning hududida joylashgan xizmat uyida uning nikoh toʼyi boʼlib oʼtdi. Mahalla fuqarolari va faollariga osh berilib, yosh kelin-koʼyovga viloyat ichki ishlar boshqarmasi, tuman hokimligi va boshqa qator tashkilotlarning roʼzgʼorga asqotadigan ashyolari sovgʼa qilindi.

Text to speech