PROFILАKTIKА- HUQUQBUZАRLIK VА JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHDА MUHIM OMIL
Vaqtida olib borilgan profilaktik ishlar sodir etilishi mumkin boʼlgan huquqbuzarlik va jinoyatsilikning barvaqt oldini olishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB HPB XQMB katta inspektori podpolkovnik Z. Rustamova tomonidan 3-sektor hududida yashovchi turli koʼrinishdagi maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etib profilaktik hisobga olingan xotin-qizlar roʼyxati shakllantirilib, ular bilan manzilli profilaktik ishlar tashkil etildi. Ushbu jarayonda ularning oilaviy sharoiti, muammolari oʼrganildi, zarur huquqiy tavsiyalar berildi hamda kelgusida takroran qonunbuzilishlarga yoʼl qoʼymasligi va buning oqibatlari tushuntirilib, rasmiy ogohlantirildi.
Shuningdek, eng koʼp sodir etiladigan firibgarlik oʼgʼirlik, tan jarohati va odam savdosi bilan bogʼliq jinoyatchilikning oldini olish va uning qurboni boʼlishdan oʼzini asrashni targʼib etuvchi bukletlar fuqarolarga tarqatildi.