24 Oktyabr 2024 yil 977

Profilaktik va targ‘ibot tadbirlari

Jamiyatda xotin-qizlarni ularni huquqiy bilimi va dunyoqarashi, faolligini oshirish,tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi JXX HPB va shahar-tuman IIB JXX xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan bir qator profilaktik va targ‘ibot ishlari muntazam amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qarshi shahar IIO FMB va bir qator tumanlar IIB XQMB katta inspektorlari tomonidan nizoli oilalar o‘rganildi. Jumladan, o‘rganishlarda oilalarda er-xotin, qaynona-kelin o‘rtasida sodir etilgan nizolar o‘rganilib, ularga oilaviy qadriyatlar, tazyiq va zo‘rovonlikni oldini olish xususida va huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbirlarda ishtirokchilarga oila muqaddasligi, tinch va totuv yashash lozimligi, spirtli ichimlik ta’siri ostida turli xildagi sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish borasida profilaktik ishlar amalga oshirildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech