7 Yanvar 2021 yil
646
PROFILАKTIK TАRGʼIBOT SАMАRАSI
“Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Dehqonobod tumani IIB xodimlari tomonidan joylarda fuqarolar bilan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida bir qator yutuqlar qoʼlga kiritilmoqda. Jumladan, tuman IIB HPB TP profilaktika inspektorlari, katta leytenant B.Mallaev va leytenant F.Chorievlar tomonidan olib borilgan tushuntirish va targʼibot tadbirlari natijasida Dehqonobod tumani “Ingichka” MFYda yashovchi X.Oʼ. marhum otasidan qolgan 1 dona, 1 nilli, 16 kalibrli ov qurolini oʼz ixtiyori bilan tuman IIBga topshirdi.
Bu boradagi profilaktik tadbirlar jadal davom ettirilmoqda.