20 Iyul 2023 yil 516

Profilaktik tadbirlar samaradorligi oshirilmoqda

Mamlakatimizda turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga keng sharoitlar yaratilib, turli imtiyozlar berilmoqda. Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan mamlakatimizda turizm sohasining rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida xorijiy davlatlarga sayohatlar tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turistik firma va turagentlar rahbarlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda.

Suhbat davomida mas’ul shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi qarorini 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Turoperator va turagentlik xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq faoliyat yuritish, qonunchilikka zid harakatlar amalga oshirmaslik, aldov yo‘li bilan fuqarolarning pul mablag‘larini egallash maqsadida xorijiy davlatlarga sayohat tashkil etishni va’da qilib, shartnomada belgilangan turistik xizmatlarni to‘laqonli bajarmasdan, chet el mamlakatlarida fuqarolarimiz turli muammolarga duch kelishiga sababchi bo‘lmaslik holatlari tushuntirilmoqda. Shu bilan birga xorijiy davlatlar fuqarolarini O‘zbekistonga turist sifatida olib kelib, ularning Respublikamiz hududida bo‘lishini nazorat qilmay, qarovsiz qoldirmaslik yuzasidan ogohlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Text to speech