6 Oktyabr 2023 yil 2232

Profilaktik tadbirlar samaradorlik omili

Qarshi shahar sektorlar rahbarlari “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz xonadon” profilaktik tadbiri doirasida ichki ishlar organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, Milliy gvardiya, “Qalqon” jamoatchilik guruhlari hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillari faoliyati bilan tanishdi.

So‘ngra, shahar bo‘ylab o‘rganishlarni boshlagan Qarshi shahar prokurori Alisher Mirzaev va IIO FMB boshlig‘i polkovnik Farrux Ibragimov doim odamlar bilan gavjum bo‘ladigan Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida bo‘lishdi. U yerda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tomonidan jamoat tartibini saqlash uchun tashkil etilgan tayanch punktida bo‘lib, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar gavjum maskanlarda o‘rnatilgan videokuzatuv texnikalarining ish rejimi bilan tanishdilar. Milliy gvardiya xodimlari tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilgan tadbirlarni atroflicha tahlil etib, kelgusida xizmat davomida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli tavsiyalarni berishdi.

Shaharning 2-sektoriga qarashli “Istiqlol” mahallasida bo‘lgan ishchi guruh mahalla beshligi bilan hududda qonunbuzarliklarni jilovlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, krminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, ro‘y berganlarini “issiq izlar”da fosh etishning ahvolini tanqidiy-tahlil etdi.  Sodir etilgan qonunbuzarliklarga shart-sharoit yaratgan omillarni tahlil etib, e’tibor qaratish lozim bo‘lgan holatlar yuzasidan mahalla beshligiga taklif va tavsiyalar berdi.

Amalga oshirilgan tadbirlar davomida savdo do‘konlari, ko‘ngilochar maskanlar, odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda qonunbuzarliklarni oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish lozimligini tushuntirdi.

 Ko‘ngilochar maskanlar, tungi klublar, savdo do‘konlarida bo‘lib, fuqarolar gavjum to‘planadigan joylarga videokameralar o‘rnatish, mol-mulk xavfsizligini ta’minlash maqsadida milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati pultiga ulanish, xizmatning afazalliklari borasida tegishli targ‘ibot ishlari amalga oshirish borasida tavsiya va takliflar berildi. 

Qarshi shahridagi aholi gavjum “Darvozatutak” MFY joylashgan 102 maskanida bo‘lgan Qarshi shahar prokurori va IIOFMB boshlig‘i profilaktika inspektori va “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zosi bilan xizmat jarayonini o‘rgandi. Maskanda hujjatlarni yuritilishi, kriminogen vaziyat haqidagi xarita, hududga o‘rnatilgan 360 gradusda ishlaydigan videokuzatuv tizimi ish faoliyatini o‘rganishdi.

Aholi doim gavjum bo‘ladigan bu mahallada fuqarolar o‘rtasida “ijtimoiy profilaktika”ni kuchaytirish lozimligi haqida rahbar profilaktika inspektoriga tegishli tavsiya va yo‘riqnoma berdi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech