Profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Mirishkor tuman IIB JXX probatsiya nazoratida
turgan shaxslar bilan Qashqadaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limi
boshlig‘i, podpolkovnik S. Sharopov,
tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandligiga ko‘maklashish bo‘limi
boshlig‘i Gulliyev Serob va Yoshlar ishlari agentligi, hamda imom xatibi bilan
hamkorlikda tadbir uyushtirildi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral
kunidagi 84-sonli qaroriga asosan nazoratda turgan shaxslar bilan profilaktika
suhbat o‘tkazilib kelgusida takroriy jinoyat qilmasligi to‘g‘risida rasmiy
ravishda ogohlantirildi. Tadbirda
nazoratdagi shaxslar, yoshlarni ish bilan ta’minlash, hunar o‘rganish va halol
mehnat bilan oilani moddiy ta’minlash borasida taklif va tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, IIO xodimlari tomonidan ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilganda
yoki moddiy manfaatdorlik (pora) talab qilinganda IIV SHXBB Qashqadaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Probatsiya
bo‘limi boshlig‘ining ishonch telefon raqamlarga xabar berishlari
tushuntirildi.