Profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Kasbi tuman ichki ishlar bo‘limi
JXX Probatsiya guruhi hisobida bo‘lgan nazoratdagi shaxslar bilan profilaktik
tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik O.Raximov so‘zga
chiqib, nazoratdagi shaxslar qayta jinoyatga qo‘l urmasligi, mehnatga halol
munosabatda bo‘lishi, belgilangan qoidalarga amal qilishi lozimligini bildirdi.
“Yoshlar va biznesni
qo‘llab-quvvatlash yili”da nazoratdagi shaxslar tadbirkorlik, me’morchilik,
hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalar bilan murojaat qilishlari
yuzasidan ishtirokchilarga tushunchalar berdi.
Shunday so‘ng bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha Mehnat
yarmarkasi tashkil qilinib, unda 2 nafar nazoratdagi shaxslarga ishga
joylashishlar bo‘yicha tashkilotlarga yo‘llanmalar berildi.