PROFILАKTIK TАDBIRLАR DАVOM ETMOQDА
Qarshi tumani hududida voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish borasida ichki ishlar organlarining psixolog-inspektorlari tomonidan qator profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinomqda. Jumladan, tuman hududida nazoratsiz, qarovsiz yurgan oʼn sakkiz nafar voyaga yetmaganlar viloyat IIB HPB huzuridagi VEIHYoKMga joylashtirildi. Toʼqqiz nafar ota-onalarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasiga asosan, besh nafar oshxona, kafe-bar va kompyuьterxona egalariga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 188-2-moddasiga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Tuman hududida voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.