Profilaktik tadbir tashkil etildi
Kiberjinoyatchilik — bu kompyuter, kompyuter tarmog‘i yoki tarmoq qurilmasidan suiiste’mol qilishga qaratilgan jinoiy faoliyat hisoblanadi. Ularning aksariyati kiberjinoyatchilar yoki xakerlar tomonidan undan noqonuniy daromad orttirish maqsadida sodir etiladi. Mavzu doirasida 3-fevral kuni 5-sonli talabalar turar joyida tashkil etilgan tadbirda universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov, Iqtisodiyot fakulteti dekan o‘rinbosari E.Bozorov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va fakultet talabalari ishtirok etdi.
Tadbir mehmoni viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi S.Muhammadiyev ta’kidlashicha, kiberjinoyatning asosiy turlariga viruslar yordamida zarar yetkazuvchi dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi raqamlarni o‘g‘irlash, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlarni tarqatish kabilar kiradi. Tadbir davomida mavzu yuzasidan amaliy misollar keltirilib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.