7 Sentyabr 2024 yil 435

Profilaktik tabdirlar – samaradorlik omili

“Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri doirasida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatqulov G‘uzor tumani ichki ishlar bo‘limi rahbariyati bilan “Sovlig‘or” mahallasida kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, maishiy va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi.

Dastlab xizmatga jalb etilgan sohaviy xizmatlar vakillari bilan xizmat oldi o‘tkazilgan yo‘riqnomada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida fuqarolarning muammolari “xonadonbay” va “fuqarobay” o‘rganish lozim bo‘lgan jihatlar borasida ishchi guruhlarga tavsiya va takliflar berildi.

So‘ngra, mahalla yettiligining ish faoliyati - fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va o‘rganish, kundalik va maishiy muammolarni o‘rganish ishlari, fuqarolarni bandligini ta’minlash, oilaviy nizolarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari atroflicha tahlil etildi.

Ortiqcha ovvoragarchiliklarni oldini olish maqsadida ishchi guruhlar a’zolari bilan ellikka yaqin xonadonlarda o‘rganishlar olib borldi. “Xonadonbay” o‘rganishlarda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli idoralarga taqdimnomalar kiritildi.

Mahallada tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin- qizlarning yashash xonadoniga mahalla yettiligi bilan birgalikda borilib, oila azolari bilan suhbatlar o‘tkazildi. Nizoli oilalarda aniqlangan muammolar bartaraf etilib, ayrim xotin-qizlarga himoya orderlari berildi.

Mahallada doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib kelgan 6 nafar fuqarolar bilan suhbatlashilib, avtomatlashtirilgan elektron bazaga kiritildi hamda tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tuman hudidagi 10-o‘rta ta’lim maktabda voyaga yetmagan hamda otaliqqa olingan yoshlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Ularni qizitirgan savol va muammolari o‘rganilib, hal etish choralari ko‘rildi.

Bu kabi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Text to speech