Profilaktik tabdirlar – samaradorlik omili bo‘lmoqda
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”
tadbiri doirasida Qashqadaryo viloyatida
jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda ijobiy natijalarga
erishish va tegishli profilaktik-ogohlantiruv ishlarni jonlashtirish maqsadida
bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Zavqiddin
Xujanov G‘uzor tumani hududidagi bir qator mahalla fuqarolar yig‘inlarida
kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish,
jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan
ichki ishlar organlari, milliy gvardiya, FVB xodimlari, MFY yoshlar
yetakchilari va jamoatchilik vakillaridan iborat guruhlarga xizmat oldi yo‘riqnoma
o‘tdi.
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida
fuqarolarning muammolari xonadonbay va fuqarobay o‘rganilisht jarayonida uzoq
muddatdan kelgan shaxslar bilan proflaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularni tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tuman hududida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr
ko‘rgan xotin- qizlarning yashash xonadoniga mahalla beshligi bilan birgalikda
borilib, oila azolari bilan suhbatlar o‘tkazildi. Nizoli oilalarda aniqlangan
muammolar bartaraf etilib, ayrim xotin-qizlarga himoya orderlari berildi.
Murojaatlarni qabul qilish va hal etish
ishlarini jadallashtirish, ortiqcha ovvoragarchiliklarni oldini olish maqsadida
ikki yuz ellikka yaqin xonadon va xizmat ko‘rsatish obyektlariga profilaktika
inspektorlarining tashrif qog‘ozlari tarqatildi.
Shuningdek, jismoniy hamda yuridik shaxslarning
murojaatlarni mas’ul rahbarlar tomonidan nazoratga olinib, murojaat mualliflari
yashash xonadonlariga borilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida tumanda
muqaddam sudlangan, profilaktik hisobda turgan, ma’muriy huqubuzarlik sodir
qilgan, ruhiy kasal, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan qirqqa yaqin fuqarolar
bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib,
ayrimlar shifoxonalarga joylashtirildi. “Mahallabay” o‘rganishlar natijasida
ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli idoralarga
taqdimnomalar kiritildi.
Probatsiya hisobida va ma’muriy nazoratda
turgan bir guruh shaxslarning ish va yashash joylari o‘rganilib, tegishli
ta’sir choralari qo‘llandi.
O‘rganishlar davomida G‘uzor tumani
“Yonqishloq” mahallasida yashovchi voyaga yetmagan E.F. nazoratsiz va qarovsiz
yurganligi sababli viloyat IIB JXX HPB VEIHYOK markaziga joylashtirildi.
Mahalla va jamoatchilik vakillari bilan
hamkorlikda 51 ta mahallalardagi doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga
chiqib ketgan 63 nafar fuqarolarning oila a’zolari orqali va onlayn
suhbatlashilib, vatanga qaytishlari tushintirildi.
Shuningdek, xonadonlarni o‘rganish davomida
yangidan yashash manzillaridan uzoq
muddatga ketgan va uyiga xorijdan qaytgan yigirma nafar fuqarolar aniqlanib,
avtomatlashtirilgan elektron bazaga kiritildi hamda tibbiyot xodimlari bilan
hamkorlikda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tuman hudidagi maktablarda voyaga yetmaganlar
o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha yig‘ilishlar
“Davomat” va “Tig‘” tadbirlari o‘tkazildi. Aniqlangan qonunbuzarlik holatlari
bo‘yicha voyaga yetmagan yoshlarning ota-onalariga nisbatan qonuniy choralar
ko‘rildi.
Amalga oshirilgan profilaktik tadbirlarda
“Pasport-viza” qoidalariga rioya etilishi ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q.
Jumladan, takroriy pasport-viza qoidalarini buzgani, doimiy yoki vaqtinchalik
pasport ro‘yxatidan o‘tmasdan yashayotgan va pasportini yaroqsiz holatga
keltirgan yoki yo‘qotgan qirqqa yaqin fuqarolarga nisbatan qonun doirasida
choralar ko‘rilib, jarimalar undirildi.
Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar
osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha tuman IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan va
yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi uyushma va korxona rahbarlari bilan
hamkorlikda haydovchilar to‘plab, yo‘l- transport hodisalarini sodir etilishini
oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda reyd tadbirlari amalga
oshirildi.
Tadbir davomida yo‘l qoidasini buzgan hamda
mast haydovchilar aniqlanib, qirq
nafarga yaqin huqubuzar haydovchilarga jarima jazosi tayinlanib, 15 ta avtomashinalar jarima maydoniga
qo‘yildi. Bundan tashqari, avariya o‘choqlarida yo‘l-transport hodisalarining
oldini olish maqsadida yo‘l belgilari hamda tuman markazidagi chorrahalariga
zamonaviy 8 ta kuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Aholiga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya
etish, favqulodda yong‘in kelib chiqqan vaqtlarida uni bartaraf etish yuzasidan
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, yong‘inni bartaraf etish usullari jonli
misollar asosida tushuntirildi.
Joriy yilning 1-fevraldan 1-martiga qadar
mamlakatimiz miqyosida o‘tkazilgan “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish oyligi” doirasida ham targ‘ibot va
profilaktik tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Bir so‘z bilan aytganda, tadbir uyushqoqlik
bilan tashkil etilgani bois, ko‘plab huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini
olinishiga, fuqarolarning osuda turmushiga zamin hozirladi, desak mubolag‘a
emas.