20 Fevral 2021 yil 981

PROBАTSIYA XIZMАTI: TАHLIL VА NАTIJАLАR

Yaqinda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida Probatsiya boʼlimi va uning joylardagi boʼlinmalari vakillari ishtirokida oʼtgan yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda IIV Probatsiya va JIEBB probatsiya xizmati rahbariyati, boshqarma Probatsiya boʼlimi va uning shahar tuman boʼlinmalari hamda guruhlari inspektorlari ishtirok etishdi.
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi probatsiya boʼlimi va uning joylardagi boʼlinmalari hisobida oʼtgan yilda uch ming yetti yuz nafardan ortiq shaxslar nazoratga olingan boʼlib, ularni tarbiyalash, ish bilan taʼminlash, ular tomonidan ogʼir va oʼta ogʼir turdagi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil etildi. Nazoratda turgan shaxslar bilan muntazam profilaktik ishlar olib borilishiga qaramasdan qayta jinoyat sodir etish holatlari uchrayotgani tanqid qilindi. Bular axloq tuzatish ishi va ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan shaxslar tomonidan sodir etilgani aytib oʼtildi.
Yilning oʼtgan davrida Probatsiya boʼlimi hisobida boʼlgan 1081 nafar shaxslar ishga joylashtirilgan. Nazoratdagi shaxslar orasida berilgan imkoniyatdan foydalanib, tuzalish yoʼliga oʼtgan 1465 nafar mahkumlar oʼtalmay qolgan jazo muddatidan ilgari shartli ozod qilingan. Ulardan 85 nafarini ayollar, 393 nafarini yoshlar, 3 nafarini voyaga yetmaganlarni tashkil etadi.
Yil davomida 42 marotaba sayyor sudlar tashkil qilinib, ularda 224 nafar mahkumlarlar jazodan ozod qilingan. Yaratilgan imkoniyatlardan oʼziga toʼgʼri xulosa chiqarish oʼrniga jazo oʼtashdan boʼyin tovlagani uchun 138 nafarining jazosi sud hukmi bilan ogʼirrogʼiga almashtirildi.
Joriy yilda Qashqadaryo viloyati IIB Probatsiya boʼlimi va uning joylardagi guruhlari faoliyatini takomillashtirish, oʼtgan yilda yoʼl qoʼyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatning ijobiy tomonlarini targʼib qilish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Yigʼilishda IIV JIEBB huzuridagi Probatsiya xizmati boshligʼi polkovnik M.Ismoilov ishtirok etdi.

Text to speech