Qashqadaryo viloyatida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Probatsiya xizmati nazoratidagi shaxslar bilan profilaktik ishlar amalga oshirildi
Yaqinda Yakkabogʼ tuman IIBda probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslar bilan IIV ishchi guruhi hamda Yakkabogʼ tumani IIB rahbariyati va soha xizmatlari bilan hamkorlikda nazorat ostidagi shaxslar tomonidan qayta huquqbuzarliklar va jinoyatchilik sodir etilishini oldini olishga qaratilgan uchrashuv oʼtkazildi. Uchrashuvda probatsiya xizmati hisobidagi shaxslarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari oʼrganilib, bandlik va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan amaliy yordam koʼrsatildi.
Shuningdek, tadbir davomida jinoyat ishlari boʼyicha Yakkabogʼ tuman sudining sayyor sudi oʼtkazilib, mehnatga halol munosabatda boʼlib kelgan, qilmishidan chin koʼngildan pushaymon boʼlgan 10 nafar nazoratdagi shaxslar oʼtalmay qolgan jazodan muddatidan shartli ravishda ozod etildi.
Tadbirda ozodlikni cheklash jazosini oʼtayotgan 141 nafar shaxslarning turmush tarzi ish faoliyati oʼrganilganda, ular orasida 3 nafari sud tomonidan oʼrnatilgan cheklovlarni muntazam ravishda buzib kelayotgani maʼlum boʼldi. Natijada 2 nafar mahkumning jazosi ogʼirrogʼiga yaʼni, ozodlikdan mahrum qilishga almashtirilib, 1 nafari ogʼirroq jazo qoʼllanilish toʼgʼrisida ogohlantirildi.
Bundan tashqari, axloq tuzatish ishlari jazosini oʼtayotgan 77 nafar shaxslarning
bevosita ish joylari oʼrganilib, ishga bormasdan jazo oʼtash tartibini buzib kelayotgan 2 nafar mahkumlar aniqlandi va tegishli jazo choralari qoʼllandi.
“Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbiri Qashqadaryo viloyatida davom ettirilmoqda.