10 Fevral 2021 yil 580

Probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan yigʼilish boʼlib oʼtdi

Koson tuman IIB, tuman prokuraturasi, hokimiyat va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Koson tumanida yashovchi jinoyat sodir etganlar, probatsiya hisobida turuvchilar, jinoyat sodir etib hozirgi kunda jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlarning yaqin qarindoshlari ishtirokida yigʼlish oʼtkazildi. Yigʼilishdan koʼzlangan asosiy maqsad kelgusida ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilmasligi, jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlarning oila-aʼzolarining ishga joylashtirish, kredit olish yuzasidan murojaatlari tinglanib, tegishli tashkilotlar tomonidan ularga boshlangʼich yoʼnalish berilib, amaliy yordam koʼrsatildi.

Text to speech